ECHL umumiy bosqichi taqvimi: o'yinlar 16 sentyabrdan 28 yanvargacha bo'lib o'tadi. "Real" "Atletiko" bilan derbidan 2 kun o'tib, 30 sentyabr kuni "Qayrat" mehmoni bo'ladi

Alisher Ostonov
30 avg 2025
Chempionlar ligasi umumiy bosqich o'yinlari taqvimi e'lon qilindi.

36 ta klub ishtirok etadigan musobaqaning umumiy bosqichi 16 sentyabrdan 30 yanvarga qadar bo'lib o'tadi. Har bir jamoa 8 ta turli raqibga qarshi 8 ta o'yin o'tkazadi - 4 ta uyda va 4 ta safarda. So'nggi turning barcha o'yinlari bir kunda va bir vaqtda - 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da bo'lib o'tadi.


Chempionlar ligasi umumiy bosqichi jadvali:

1-tur: 16-18 sentyabr, markaziy o'yinlar - "Bavariya" - "Chelsi," "Liverpul" - "Atletiko."

2-tur: 30 sentyabr - 1 oktyabr, markaziy o'yinlar - "Qayrat" - "Real," "Barselona" - "PSJ."

3-tur: 21-22 oktyabr, markaziy o'yinlar - "Arsenal" - "Atletiko," "Real" - "Yuventus."

4-tur: 4-5 noyabr, markaziy o'yinlar - "Liverpul" - "Real," "PSJ" - "Bavariya."

5-tur: 25-26 noyabr, markaziy o'yinlar - "Chelsi" - "Barselona," "Arsenal" - "Bavariya."

6-tur: 9-10 dekabr, markaziy o'yinlar - "Inter" - "Liverpul," "Real" - "Manchester Siti."

7-tur: 20-21 yanvar, markaziy o'yinlar - "Inter" - "Arsenal," "Real" - "Monako."

8-tur: 28 yanvar, markaziy o'yinlar - "Borussiya" - "Inter," "PSJ" - "Nyukasl."


36 ta klubning barchasi umumiy jadvalda joylashgan. To'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga 8 ta birinchi o'rinni egallagan jamoalar yo'l oladi. 9-o'rindan 24-o'ringacha bo'lgan jamoalar juftlik bahslarini o'tkazishadi. 25-o'rindan 36-o'ringacha bo'lgan jamoalar uchun evromavsum yakunlanadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia