YCHL. "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oldidan "Yuventus"da jiddiy yo'qotish yoxud turinliklarning Moskvaga uchib ketgan tarkibi e'lon qilindi

"Yuventus"ning asosiy himoyachilaridan biri Matteys de Ligt Chempionlar ligasi 4 turi doirasidagi Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 11 turida "Torino" bilan o'yinda o'ng oyog'ining to'piq qismidan ngil jarohat olgan. Ammo, shuning natijasida u jamoa bilan Rossiyaga uchib ketgani yo'q. 

Mauricio Sarri quyidagi futbolchilar bilan Rossiya poytaxtiga uchib ketishdi.

1. Shensni, 2. De Shilo, 5. Pyanich, 6. Xedira, 7. Ronaldu, 8. Remsi, 10. Dibala, 11. Duglas Kosta, 12. Aleks Sandro, 13. Danilo, 14. Matyuidi, 19. Bonuchchi, 21. Iguain, 24. Rugani, 25. Rabo, 28. Demiral, 30. Bentankur, 31. Pincolio, 33. Bernardeski, 77. Buffon

"Lokomotiv" – "Yuventus" bahsi 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:55 da boshlanadi.


Manba: juventus.com