YCHL chorak finalida Ronaldu "Real"ga qarshi o'ynaydimi?

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2020
Bugun Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlandi.

Agar "Real" "Siti", "Yuventus" esa "Lion" to'sig'idan o'ta olsa chorak finalda Ronaldu sobiq klubiga qarshi o'ynashi mumkin. 

Ma'lumot uchun, "Real" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida yutqazgan. "Yuventus" esa safarda "Lion"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Shunday bo'ladi deb o'ylaysizmi?  Fikrlaringizni yozib qoldiring.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia