YCHL. Chorak final javob uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ma'lum. Man Siti - Real bahsini italiyalik referi boshqarib boradi

Khoja
16 apr 2024, 07:45
Bugun va ertaga YCHL chorak final javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

UEFA Yevropa Chempionlar ligasi chorakfinal javob o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Tayinlovga ko'ra Barselona - PSJ o'rtasidagi uchrashuvni Ishtvan Kovach boshqarib boradi. Borussiya D - Atletiko M uchrashuviga esa Slavko Vinchich tayinlov olgan.

Erta bo'lib o'tadigan Manchester Siti va Real Madrid uchrashuvini italiyalik Daniele Orsato boshqarib boradigan bo'ldi. Chorak finalining so'nggi uchrashuvi Bavariya - Arsenal bahsida esa Danni Makkeli ishlaydi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com