Dunyoning eng qimmat tarkibga ega jamoalar ro'yxati e'lon qilindi

Khoja
21 okt 2025, 10:16
Nufuzli Transfermarkt portali barcha futbolchilarning taxminiy transfer qiymatidan kelib chiqqan holda jahon futbol klublarining yangilangan narxlarini e'lon qildi.

Ro'yxatni 1,4 milliard evro bilan Ispaniyaning “Real Madrid” klubi boshqarib turibdi. Angliyaning “Arsenal” (1,31 milliard evro), “Manchester Siti” (1,21 milliard evro), “Liverpul” (1,15 milliard evro), Fransiyaning PSJ  (1,15 milliard evro) klublari ham kuchli beshlikdan joy olgan.


KhojaMuallif
Manba: transfermarkt