Dunyoning eng qimmat klublari yangi reytingi (Transfermarkt)

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022
Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat klublarining yangi reytingini taqdim etdi.

Birinchi o'rinni o'yinchilari bahosi 1,06 milliard evroga teng bo'lgan "Manchester Siti" egallab turibdi. Shu bilan birga, "shaharliklar" milliard evrolik summadan oshib ketgan dunyodagi yagona klubdir. Ikkinchi o'rinni "Liverpul" (925 million evro) band qildi. Shuningdek, PSJ ham kuchli uchlikka kirdi (890).

Transfermarkt talqinida dunyoning eng qimmat 20 ta klubi quyidagilar:

1. "Manchester Siti" (Angliya) - 1,06 milliarda evro

2. "Liverpul" (Angliya) - 925 mln

3. PSJ (Fransiya) - 890

4. "Bavariya" (Germaniya) - 878

5. "Chelsi" (Angliya) - 861

6. "Real" (Ispaniya) - 837

7. "Barselona" (Ispaniya) - 813

8. "Manchester Yunayted" (Angliya) - 798

9. "Tottenxem" (Angliya) - 685

10. "Arsenal" (Angliya) - 665

11. "Atletiko" (Ispaniya) - 611

12. "Inter" (Italiya) - 592

13. "Milan" (Italiya) - 550

14. "Aston Villa" (Angliya) - 505

15. "Yuventus" (Italiya) - 502

16. "Leyptsig" (Germaniya) - 484

17. "Borussiya" Dortmund (Germaniya) - 483

18. "Napoli" (Italiya) - 480

19. "Vest Xem" (Angliya) - 471

20. "Bayer" (Germaniya) - 469


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt