Dubayga qanday tarkib bilan uchib ketgani noma'lum bo'lgan “Lokomotiv” 2 mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2018
Osiyo Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi ayni paytda BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazmoqda.

“Temiryo'lchilar” kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib borishmoqda. Kunning birinchi yarmida futbolchilarning jismoniy holatini tiklash borasida ish olib borilayotgan bo'lsa, tushdan so'ng asosan to'p bilan muomala mashqlari bajarilmoqda.

“Lokomotiv” Dubay o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini 14 yanvarda Shotlandiyaning “Aberdin” klubiga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz