

"Ko'plab yangi o'yinchilar ishtirok etayotgan Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'inida kunlar qizg'in o'tmoqda. Futbolchilarni yaqindan bilish va ularning salohiyatini tushunish lozim.
Biz birgalikda astoydil harakat qilyapmiz, chunki bu katta maqsadlar va undan ham katta orzularga loyiq jamoani shakllantirishning yagona yo'li. Jahon chempionatidagi birinchi ishtirokimiz tobora yaqinlashib bormoqda", – dedi milliy jamoa ustozi.


O'zbekiston terma jamoasi kecha yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda Xitoy bilan murosa ko'chasini tanladi. Endi Kannavro shogirdlari 30 yanvar kuni Armanistonning "Urartu" jamoasi bilan ro'baro' keladi. Mazkur o'yin ham mashg'ulot uchrashuvi ko'rinishida o'tadi.



