Vinisius g'avg'oli o'yindan so'ng Dubayga uchib ketdi. Sababi ochiqlandi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025, 11:33
"Real" hujumchisi Vinisius Junior avvalgi yillarda bo'lgani kabi, bayramlar oldidan tanaffusdan foydalanib, klubning Visit Dubai bilan hamkorligi doirasidagi tijoriy majburiyatlarini bajarish uchun Dubayga yo'l oldi.

Biroq bu safar braziliyalik futbolchining Dubayga tashrifi o'ziga xos kontekstga ega.

"Sevilya"ga qarshi (2:0) o'yinda hujumchi 83-daqiqada almashtirildi va muxlislar reakciyasi keskin bo'ldi - maydonni tark etayotgan Vinisiusni muxlislar hushtakbozlik bilan kuzatib qo'ydi. Bu "Bernabeu" uchun kam uchraydigan va ramziy holat sifatida baholandi.

Yakuniy hushtakdan so'ng vaziyat yanada keskinlashdi: Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan "Real" libosidagi suratini o'chirib, o'rniga Braziliya terma jamoasi futbolkasidagi rasmni sirli yozuv bilan joylashtirdi.

Ayni paytda "Real"da 29 dekabrgacha qisqa tatil bor. Shundan so'ng jamoani muhim o'yinlar kutib turibdi: La Ligada "Betis"ga qarshi uchrashuv hamda 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ga qarshi bahs.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail