Drajen Dukich yana O'zbekistonda ishlaydi...mi?

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018
Paxtakor futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan serbiyalik murabbiy yana yurtimizga qaytadigan ko'rinadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Drajen Dukich Qo'qon-1912da bosh murabbiy No'mon Hasanovga yordam berishi mumkin. Ilgari Hasanov va Dukich Paxtakorda birga ishlagandi. Ularning hamkorliklari aftidan yana davom etadi. Aytishlaricha, Dukich bungacha ham No'mon Hasanovga yaxshi saviyadagi legionerlarni topishda yordam berib kelgan.
O'FAning bugungi yig'ilishiga, serbiyalik mutaxassis ham Qo'qon-1912 vakillari birga tashrif buyurdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia