Kamoliddin Tojiev: "Zayniddin Tojiev boshqarayotgan jamoaga qarshi o'yin o'tkazish qiziq bo'lardi"
Оқил Абдубарноев
18 apr 2026, 14:23
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev O'zbekiston kubogi pley-off bosqichida Tojievlar sulolasining yana bir vakili Zayniddin Tojiev qo'l ostidagi "G'azalkent" bilan ehtimoliy to'qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Agar pley-off bosqichida yuzma-yuz kelsak, yaxshi va qiziq bo'lardi", dedi "sherlar" ustozi.