Doston Tursunov: "Bir yil oldin jarrohlik amaliyotini o'tkazgandim. Bugun esa "Paxtakor" bilan chempionman"

Iskandarov Abdulaziz
12 noya 2022, 22:32
"Paxtakor" himoyachisi Doston Tursunov chempionlik qo'lga kiritilgan "Bunyodkor" bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Hissiyotlar a'lo darajada. Faoliyatimdagi ilk chempionlikni nishonladim. Xursandman. O'tgan yili xuddi shu paytda jarohat olgandim. 17 noyabr kuni jarrohlik amaliyotini o'tagandim. Bugun esa og'ir kunlardan so'ng "Paxtakor" bilan chempionman. 

Bu yilgi chempionlik eng zo'ridir. Chunki avvalgi yillarda "Paxtakor" 5-6 tur oldin birinchi o'rinni olishi aniq bo'lardi",- deydi Doston Tursunov.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia