Doston Toshmatov: “Bitta o'yinda 5ta gol urishimga sheriklarim yordam berdi”

Narzulla Saydullayev
11 may 2018
PRO-liga 8-turining “Zomin” - “Xotira-79” (8:0) uchrashuvida eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan mezbonlar hujumchisi Doston Toshmatov bilan suhbatlashdik.

- Avvalo g'alaba muborak bo'lsin.-    Raxmat.

- Uchrashuv haqida fikringiz qanday?
-    O'yin ancha qiziqarli bo'ldi. Dastlabki daqiqalardan gol kiritganimiz bizga ruhiy ustunlik bo'ldi.

- Bugungi o'yinda 5 ta gol uraman deb o'ylaganmidingiz?
-    Har bir futbolchi maydonga tusharkan, avvalo jamoaga yordam beraman deb xarakat qiladi. Men ham xamma o'yinga gol kiritib, jamoaga yordam beraman deb harakat qilaman. 5 ta gol kiritishimga jamoadoshlarimning barchalari yordam berishdi. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- O'tgan 8 ta tur natijasiga ko'ra, gollaringiz soni 9 ta bo'ldi. To'purarlar o'rtasida yakka peshqadam bo'lib oldingiz, mavsum so'ngiga qadar to'purarlikni saqlab qola olasizmi?
-    Meni asosiy maqsadim gol urib, jamoamga yordam berish. To'purarlikka kelsak hali mavsum so'ngiga ancha vaqt bor, hammasini vaqt ko'rsatadi.

Akmal Rahmatullaev suhbatlashdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia