

Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to'p tepayotgan "Al Nasr" jamoasi bugun "Al Jazira" bilan kuch sinashadi. Abu-Dabidagi "Muhammad bin Zayed" o'yingohida o'tkaziladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da start oladi.
Ayni paytda "Al Nasr" musobaqa jadvalida 4-o'rinni (24 ochko) egallab turgan bo'lsa, "Al Jazira" 2-pog'onani (27 ochko) egallab turibdi (turnir jadvali bilan tanishing). Har 2 jamoa 13-turda mag'lubiyatga uchragan edi. Abu-Dabiliklar "Al Xaleey" maydonidan yirik (3:0) hisobdagi mag'lubiyat bilan qaytgan bo'lsa, "Al Nasr" Azizjon G'aniev o'ynaydigan "Shabab Al Ahli" jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:0).




