Doston Abdurahmonov : “Qarshida qiyin o'yin o'tishi tabiiy”

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017
Oliy liganing 4-turida “So'g'diyona” jamoasi Qarshida “Nasaf” ga qarshi maydoga chiqadi.

Ushbu o'yin oldidan jamoamiz yarim himoyachisi,yoshlar ligasida jamoamizning g'alabasiga o'z hissasini qo'shgan Doston Abdurahmonov  bo'lajak o'yin borasida o'z fikrini bildirdi.

- Yoshlar ligasida jamoaga yordam berganimdan xursandman. Lekin maqsadim asosiy tarkib o'yinlarida gollar o'rib, jamoaga yordam berish. Bo'lajak “Nasaf” bilan o'yinda ham jamoaga yordamim tegadi degan umiddaman. Bo'lajak o'yin qiyin o'tishi tabiiy. “Nasaf” o'z uslubiga ega bo'lgan kuchli jamoa. O'zbekiston kubogi baxsidan so'ng bu bellashuvga jiddiy hozirlik ko'rdik. Nasib etsa ,bo'lajak o'yinda muhlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.  

Dildora Xolboeva
“So'g'diyona” matbuoti xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia