

Championat.asia ma'lumotiga ko'ra, 2000 yil tug'ilgan yarim himoyachiga "Nasaf", AGMK va "Qo'qon-1912" klublari jiddiy qiziqishmoqda. Hozircha futbolchi yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Ma'lumot uchun, Abdumannopov 2020 yil Superligada debyut qildi va mavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. U 16ta o'yinda maydonga tushdi hamda 2ta gol urib 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi maydonda 1320 daqiqa davomida harakat qildi.




