Dmitri Payet: “Uzoq davom etgan noxush ceriyaga yakun yasay olganimizdan baxtlimiz”

Aslanov Jasurbek
2 dek 2020
“Marsel” yarim himoyachisi “Olimpiakos” ustidan qozonilgan g'alabaga (2:1) izoh berdi.

“ “Olimpiakos”ga qarshi o'yin avvalgi bahslardagi xatolarimizni to'g'rilashga imkoniyat berishini bilardik. Uzoq davom etgan noxush ceriyaga yakun yasay olganimizdan baxtlimiz. Endi esa qandaydir yaxshi narsalarga umid qilsa bo'ladi. “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda yaxshi natijaga erishishimiz kerak bo'ladi”, - deydi Dmitri Paet.

Qayd etish joiz, “Marsel” YCHLdagi 13 ta o'yindan iborat mag'lubiyatlar ceriyasiga barham berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA