Diyor Imomxo'jaev Superliga o'yinlari nima sababdan dam olish kunlariga qo'yilmayotganligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
21 fev 2021, 16:46
O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev Coca Cola Superligasining dastlabki 6 turi sanalari ochiqlangani va ular nima sababdan dam olish kunlariga juda kam ekanligini yozib o'tdi.

"Dam olish kunlari kuchli beshlik o'yinlari erta boshlanadi, muxlislar ikkiga bo'linishlariga to'g'ri keladi. Evrofutbolni dam olish kuni uyda ko'rish yoqimli. Biz esa mana shunday muxlislarning ham stadionlarga kelishidan manfaatdormiz. Demak, evrofutbol vaqti bilan raqobatlashish emas, hisoblashish shart. Biz futbol uchrashuvlarini imkoni boricha ishdan keyingi vaqtlarga qo'yishga intilishimiz to'g'riroq bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomjo'jaev.

Superliganing dastlabki oltita turi qaysi sanalarda o'tkazilishi ma'lum bo'ldi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: