"Dinamo"ning BAA yig'inidagi raqiblari ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025
Samarqandning "Dinamo" klubi BAAdagi ikkinchi yig'inda 4ta o'yin o'tkazishni reja qilgan.

"Dinamo" jamoasi Superliga-2025 mavsumiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 12 fevralda Toshkentdan Dubay shahriga jo'nab kyetib, 12 kun davomida 4ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Jumladan, Samarqand klubi 15 fevral kuni RPL yetakchilaridan biri "Lokomotiv" (Moskva), 17 fevral kuni Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol", 20 fevralda Qozog'istonning ko'p karra chempioni, o'tgan mavsum Konferenciyalar ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Astana" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. 22 fevral sanasida 4-o'rtoqlik o'yinida yana "Lokomotiv" bilan uchrashuv o'tkaziladi. 

"Dinamo" delegaciyasi 24 fevral kuni O'zbekistonga qaytadi.

BAAdagi o'rtoqlik o'yinlari taqvimi:

15 fevral. "Dinamo" - "Lokomotiv" (Rossiya)
17 fevral. "Dinamo" - "Istiqlol" (Tojikiston)
20 fevral. "Dinamo" - "Astana" (Qozog'iston)
22 fevral. "Dinamo" - "Lokomotiv" (Rossiya)


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia