"Dinamo" "Andijon"ning asosiy futbolchilaridan birini sotib oldi

Khoja
15 yanv 2026
"Andijon"ning asosiy futbolchilaridan biri Bektemir Abdumannonov faoliyatini Samarqandda davom ettiradi.

23 yoshli futbolchining "Dinamo" jamoasi sotib oldi. 

Avvalroq, futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Andijon" jamoasi bilan xayrlashgandi.

Ma'lumot uchun, Bektemir 2023 yilning yozidan beri "Andijon" safida harakat qilib kelgandi. U jamoa safida jami 73 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol va 20 ta assist qayd etgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia