Dilshod Nuraliev: "Viloyatlarda bolalar futbolini kuchaytirish kerak"

Xayrulla Xoliqov
28 sen 2017, 13:44
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida viloyatlarda bolalar futboliga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish haqida gapirib o'tdi.

- "Bolalar futboli saviyasini ko'tarishimiz kerak. Baribir bizda turli joylarda bolalar futboliga bo'lgan e'tiborni oshirmasa bo'lmaydi. Bu holat kecha yo bugun boshlangani yo'q. Bu mavzu biz uchun og'riqli bo'lib qolyapti. Terma jamoaga nomzod futbolchilarni chaqirib ma'lum muddat yig'inlar tashkil qilamiz, keyin ular yana o'z maktablariga ketishadi. Ular o'z maktablarida qanday bilim olishyapti? Murabbiylari nimani o'rgatmoqda? Baribir bu ham bir sabab hisoblanadi", - deydi Nuraliev. 

Xabaringiz bor, Dilshod Nuraliev boshchiligida o'smirlar terma jamoamiz saralash bosqichida uchinchi o'rinni egallab kelasi yil o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Natijada O'FF qaroriga ko'ra bosh murabbiy egallab turgan lavozimidan bo'shatildi. 



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia