Dik Advokat faoliyatini yakunlaydi

Mirjalol Normatov
1 dek 2020
"Feyenord" bosh murabbiyi Dik Advokat faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda.

73 yoshli mutaxassis klub rahbariyatiga murojaat bilan chiqib, ushbu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashini va o'rniga boshqa nomzod izlayverishini ma'lum qilgan.

"Uzoq va ajoyib faoliyatim yakuniga etmoqda. "Feyenoord" - ajoyib yakun bo'ladi.

Umid qilaman va ishonamanki, so'nggi kungacha biz sovrinlar qo'lga kiritamiz", - dedi Advokat.

Ayni damda "Feyenoord" Niderlandiya chempionatida peshqadam "Ayaks"dan 5 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinni egallab turibdi. Yevropa ligasida esa 2-pog'onada ketmoqda. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal