Diego Maradona: "Karbalo mundialda boshqa ishlamasligi kerak"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014
Afsonaviy Diego Maradona kechagi Braziliya va Kolumbiya o'rtasidagi o'yinda ishlagan ispaniyalik hakam Karlos Velasko Karbaloni keskin tanqid qildi.
- Bu oxirgi 10 yillikda men ko'rgan eng yomon hakamlik edi. Xames Rodrigesni butun o'yin davomida tepib tashlashdi. Bu hakamni boshqa o'yinlarga tayinlamaslik kerak.

Neymarning jarohatidan faqat Braziliya emas butun dunyo xafa. Mundial aynan Braziliyada bo'lib o'tmoqda va barcha undan ko'prog'ini kutayotgandi, deydi Maradona Argentina matbuotiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net