Diego Kosta: "Vaqt hammasini o'z joyiga qo'ydi. Qarang, Konte hozir qayerda"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2018, 14:51
Antonio Konte bilan kelishmovchilik tufayli "Chelsi"ni tark etgan "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta ushbu vaziyat haqida gapirib berdi.

"Chelsi"da yoqimsiz damlar bo'lgan, ammo bu mening aybim emas. Bu haqida ko'p gaplar eshitdim, biroq vaqt hammasini o'z joyiga qo'ydi. Qarang, Konte hozir qayerda.

"Chelsi"ga o'tib xato qildim. Cholo (Diego Simeone) aldamaydi. Unga nimadir yoqmasa hammasini yuzingizga aytadi. London klubida esa hammasi teskari bo'lgan. Angliya chempioni bo'ldik va bu voqeadan so'ng Konte meni jamoada ko'rishni istamayotganligi haqida xabar yubordi.

"Atletiko"ga qaytish imkoniyatim bor edi, ammo menga yoshlar jamoasi bilan shug'ullanishim kerakligini aytishdi.

Agar "Atletiko"da ham ishlarim yurishmaganida, oilam bilan Braziliyada qolgan bo'lardim. Bazi narsalarni pulga sotib ololmaysan" - deydi Kosta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca