Di Mariya: "Kelasi mavsumni "Manchester Yunayted"da o'tkazaman"

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2015, 13:12
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya yozda boshqa jamoaga o'tmasligini ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted"dagi birinchi mavsumim yakunlandi. Bu yil menga qiyin bo'ldi. Bu yangi mamlakat, ligaga o'tganimdan bo'lsa kerak, Premer-liga Primerodan qiyinroq. Yangi sharoitlarga ko'nika olmadim. Endi Amerika Kubogida ishtirok etaman, keyin esa keyingi mavsumni o'tkazish uchun Manchesterga qaytib boraman. Bor mahoratimni ko'rsatishga harakat qilaman" - deydi Di Mariya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: