Devis "Real"ga o'tishni orzu qilmoqda, "Bavariya" o'yinchiga yiliga 20 mln evrodan ortiq to'lashni xohlamayapti

Alisher
19 okt 2024, 20:46
"Bavariya" Alfonso Devis bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda pauza oldi.

Myunxen klubi himoyachiga yiliga 20 million evrodan ko'p bermoqchi emas, bu haqda Kristian Falk xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Devisning o'zi haligacha "Real"ga o'tishni orzu qilmoqda. Futbolchiga shuningdek "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.

Devis joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Bayern & Germany