Devid Moyes: “Van Persi aql bovar qilmas ishlarni bajara oladi”

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes, klub hujumchisi Roben van Persining o'yini borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

“Robenning to'psiz harakatlana olishi, o'yinni tushinishi, o'yinga tezlik kirita olishi aql bovar qilmas ishdek tuyiladi. U yuqori darajadagi o'yinchi.

Bazi bir harakatlar borki, fikrimcha bunday harkatlarni mashg'ulot natijasida hosil qilib bo'lmaydi. Bular qandaydir g'ayritabiiy harakatlarki, buni faqat top-o'yinchilar qila oladilar xolos. Har doim Runi va Nistelroyning ko'p gol urishidan hayratlanib kelganman. Men ularni eng ajoyib to'purarlar deb o'ylayman.

Robenda ham shunday xususiyat mavjud, lekin salgina boshqacharoq. Unda xoxlagan holatdan gol urish xususiyati bor.

Umuman aytganda men uni ishga yondashishidan hayratlandim. U bilan ishlash yoqimli. Men undan nechta unvonlarga ega bo'lding deb so'raganimda, faqatgina bitta deb javob berdi. Biroq uning ko'zlarida yanada ko'proq natijalarga erishish istagi borligini ko'rdim”, - deydi Moyes.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru