Deshamga yangi shartnoma taklif qilinadi

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamning faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda.

Shu bois mutaxassis yana ikki yil mobaynida amaldagi jahon chempionlarini boshqarishi mumkin, deya xabar bermoqda L’Equipe nashri.

Ma'lum bo'lishicha, Fransiya terma jamoasi Evro-2020 bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishi bilan FFF rahbari Noel le Gre murabbiyga amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirish uchun shartnoma taklif qiladi.

Fransiya terma jamoasi ayni paytda o'z guruhida 18 ochko to'plab peshqadamlik qilmoqda. 11 oktyabr kuni Desham jamoasi safarda Islandiyani (1:0) taslim etdi. Uch ranglilar saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvni 14 oktyabr kuni Turkiyaga qarshi o'tkazadi.


Manba: L’Equipe