Desham: "Zidan – Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi uchun ajoyib nomzod"

Sherzod Nurmatov
14 fev 2025
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham terma jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida Zinedin Zidanni ko'rsatdi.

Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi.

"Biz bir-birimizni qattiq hurmat qilamiz. Oxirgi marta 2023 yilning yozida ko'rishgandik, kelasi yozda yana uchrashishimiz kerak. Zizu – Fransiya terma jamoasi murabbiyi lavozimi uchun ajoyib nomzod. Biroq u buni xohlaydimi yoki yo'q, bilmayman", – dedi Desham.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport