Denisovning “Lokomotiv”i o'z uyida “Krasnodar”ga yutqazdi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017
Rossiya chempionatining 19-turi doirasidagi markaziy o'yin bo'lib o'tdi.

Unda Moskvaning “Lokomotiv” klubi o'z maydonida “Krasnodar”ni qabul qildi. “Lokomotiv” stadionida o'tkazilgan o'yin biroz kutilmaganda “temiryo'lchilar”ning mag'lubiyati (1:2) bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 36-daqiqasija Vladislav Ignatev “Lokomotiv”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Lekin g'alabani saqlab qolish mezbonlarga nasib qilmadi.


Avvaliga Pavel Mamaev, keyin esa 64-daqiqada Vanderson maydon egalari darvozasini ishg'ol qilib, “Krasnodar”ga g'alaba keltirishdi. “Lokomotiv” tarkibida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'liq harakat qildi.

“Krasnodar” bugungi g'alabadan so'ng 32 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi. “Lokomotiv” 26 ochko bilan 10-pog'onadan joy olgan. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia