Denis Korostichenko: "Yigitlar natija sabab ozroq qo'rquv bilan o'ynayapti"

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024
Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda o'yindagi xarakter uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimiz bilan mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Biroq, aytish joiz, birinchi bo'limda ozroq e'tiborsizlikka yo'l qo'ydik.



- Rasmiy o'yinlarda jamoa bilan birinchi g'alabani qo'lga kiritish uchun jamoaga nima etishmayapti?

- Mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz. Yigitlar harakat qilishayapti. Etishmayotgan jihat, mening fikrimcha, o'yindagi birinchi golni biz ura olmayapmiz. Gol urgandan so'ng motivaciya bo'ladi. O'rtoqlik o'yinlarida "Surxon"ni mag'lub etdik va bu yigitlarda anchayin ishtiyoqni qaytardi. Birinchi golni biz ursak, ishonch paydo bo'ladi. Yigitlar natija sabab ozroq xavotir bilan o'ynayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia