Dembele Rabo va Upamekanoni qanday davolagani haqida: "Zanjabilli choy tayyorlab berdim"

Sherzod Nurmatov
17 dek 2022
Fransiya hujumchisi Dembele shamollab qolgan Rabo va Upamekanoga qanday davo choralarini ko'rganini aytdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele terma jamoa futbolchilari Adrien Rabo va Dayo Upamekanoning shamollashi hususida gapirdi.

"Upamekano va Raboning boshi og'ridi, men ularga zanjabilli, asal choy tayyorlab berdim... Ular hozir o'zlarini yaxshi his etmoqda. O'ylaymanki, finalga tayyor bo'lishadi", – dedi Dembele.

Avvalroq besh nafar fransiyalik futbolchi JCH-2022 finali oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani, ulardan uch nafari kasallik tufayli mashg'ulotlarda qatnashmagani xabar qilingandi.

15 dekabr kuni Rabo va Upamekano umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani ma'lum bo'ldi.

Fransiya 18 dekabr, yakshanba kuni JCH-2022 finalida Argentina bilan to'qnash keladi. "Lusail" stadionidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal