Deku: "Barsa" Rafinya va Yamalga bog'lanib qolgan. Tarkibda balans bor, lekin bizga ularga o'xshash o'yinchilar kerak"

Aslanov Jasurbek
14 may 2025
Deku "Barselona" Lamin Yamal va Rafinyaga qattiq bog'lanib qolganini aytdi.

Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 35-turidan so'ng yetakchilik qilmoqda, "Real Madrid" 7 ochko orqada.  

"Kutilmaganda biz Rafinya va Laminga kuchli bog'lanib qoldik. Ehtimol, bizga ularga o'xshash xususiyatlarga ega o'yinchilar kerakdir.  

Tarkibda balans bor, endi bu erdagi o'yinchilarga e'tibor qaratishimiz lozim. O'tgan yili men hech kimni yo'qotishimiz mumkin emasligini aytgandim. Hozir ham vaziyat aynan shunday deb o'ylayman.  

Agar jamoani yaxshilash imkoni bo'lsa, bu yaxshi, lekin eng muhimi – yaqin yillarda biz yaratgan narsani saqlab qolish", – dedi "Barselona" sport direktori Deku ESPN’ga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN