De Yongning "Barselona"dagi taqdiri ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
31 may 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli niderlandiyalik bilan yangi kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

De Yong o'tgan mavsum "Barselona" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira