De Yong: "PSJ ikkinchi bo'limda "Barselona"dan kuchliroq edi"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasining 2-turida PSJdan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Hammasi juda xafa qilarli. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'lish – bu og'ir yurak bilan ortga qaytish. Ikkinchi bo'limda ular bizdan kuchliroq edi. Lekin biz ham yuqori saviyadagi jamoamiz, birinchi bo'limda biz yaxshiroq edik. Biz kuchayishimiz kerak va shunday qilamiz", – dedi de Yong.

PSJ 6 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Barselona" 3 ochko bilan 16-o'rinda ketmoqda.

Parijliklar 3-turda "Bayer"ga qarshi, kataloniyaliklar esa "Olimpiakos"ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com