De Bryuyne: "Meni Messi yoki Ronaldu bilan solishtirishlari havotirga solmaydi"

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 13:42
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne uni Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu bilan solishtirishlariga e'tibor qaratmaydi.

Oldinroq Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines De Bryuyne argentinalik yoki portugaliyalik kabi yulduz futbolchi bo'lishi mumkinligini aytgan edi.

"Messi yoki Ronaldu bilan solishtirish meni havotirgan solmaydi. Odamlar tez-tez bunday solishtirishlar qilishadi, biroq dunyoda ajoyib futbolchilar ko'p. Men hozirgidek harakat qilishga intilaman, jamoaning o'yini pozitiv hissiyotlar uyg'otmoqda va bu yaxshi. Biz ahilmiz" - deydi De Bryuyne.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports