Dayer muxlisga musht ko'tarish uchun tribunaga ko'tarildi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
5 mar 2020
Kecha, 4 mart kuni Angliya Kubogi doirasida "Tottenxem" o'z stadionida "Norvich"ni qabul qildi.

O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida omad mehmon jamoaga kulib boqdi.

Uchrashuvdan so'ng "shporlar" yarim himoyachisi Erik Dayer muxlis bilan janjal uyushtirdi. 26 yoshli xavbek o'sha ishqibozga musht ko'tarish uchun tribunaga ko'tarildi.


Ma'lum bo'lishicha, muxlis Dayerning jamoadoshi Jedson Fernandeshni irqchilik ruhidagi so'zlar bilan haqorat qilgan. Fernandesh penaltilar seriyasida darvozani ishg'ol qila olmagan edi.

Stadionga tashrif buyurgan muxlislar va styuardlar aralashuvi bilan janjalning oldi olindi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DailyMail