

"Uchrashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. "Paxtakor"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik. Bu futbol. Chempionat endigina boshlandi. Hali yakuniy xulosani chiqarishga erta deb hisoblayman. Mavsum hali oldinda. Nasib qilsa, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz deb o'ylayman.
Penalti? O'sha vaziyatda Jalolga umuman tegmagandim. Uni o'zidan so'raganimda kulib qo'ydi. Men penalti yo'q edi deb o'yladim", - dedi Davron Hoshimov.
Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi



