Davron Fayziev: "Qizilqum" "chaqilmas yong'oq" toifasidagi jamoa sanaladi"

2 avg 2015, 23:40
So'g'diyona-Qizilqum uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev va darvozabon Mixail Spiridonovlar ishtirok etishdi.

- Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlaganimiz ancha yaxshi bo'ldi. Bundan keyin bizda ortga yo'l yo'q, birinchi davrada yo'l qo'ygan hatolarimizni takrorlanmasligiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Hisob bunday yirik ko'rinish olishini rostini aytsam kutmagandim. Qizilqum jamoasi chaqilmas yong'oq toifasidagi jamoalar qatoriga kiradi. Har qanday raqibga kutilmagan sovg'alar hadya qila oladigan jamoa.

- Jamoaga yangi taklif etilgan o'yinchilar haqida to'htalsangiz…

- O'zlaringiz bugungi o'yinni kuzatdingiz. Bugun asosiy tarkibimizda to'rt nafar yangi futbolchi maydonga tushdi. Aleksandr Kleckovni barcha yaxshi taniydi. Uning mahorati bizga asqotadi deb o'ylayman. Izzat G'aniev Qo'qon-1912″ jamoasidan, Islom Isoqjonov Olmaliqdan, Qahramon Bohodirov - bu futbolchi Jizzaxdan. Mashal jamoasi bilan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganligi bilan uni darhol jamoamizga taklif etdik. O'ylaymanku yangi futbolchilarning barchasi bugun yomon o'yin ko'rsatishmadi. Shuningdek, Xurshid Muxtorov - Lokomotiv jamoasidan taklif etilgan futbolchi, bugun maydonda harakat qilmadi.

- Mixail Spiridonovga savol: Stadion yoritgichlari darvozabonlarga ta’sir ko'rsatmadimi?

- Yo'q aslo. Projektorlar ancha balandda joylashganligini inobatga oladigan bo'lsak, ular maydonni a'lo darajada yoritdi. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, murabbiylarimiz raqib haqida bizga etarlicha ma'lumotlar berishib, ular bilan qanday o'ynashligimiz kerakligi haqida tushuntirishgandi. Vahobovni himoyachilarimiz bir bora e'tibordan chetda qoldirishda va u bu hatodan unumli foydalanib gol kiritdi. Tanaffusda echinish xonasida darhol yuvinib oldik. Bu esa bizga ikkinchi bo'limda yanayam yaxshiroq harakat qilishimizga yordam berdi.  Hisob bndanda yirik ko'rinish olishi mumkin edi, hujumchilarimiz o'sha 4-5 golli vaziyatlarni golga aylantira olishganida. Keyingi o'yinlarda yanayam yaxshiroq harakat qilamiz. Jamoagi taklif etilgan yangi futbolchilarning barchasi bugun o'yinga moslashib keta olishdi.



Manba: fcsogdiana.uz