Davlat Ibragimov: "Jizzax-Kenteks" asosini terma jamoa a'zolari tashkil qilardi. Shunga qaramasdan, jiddiy kurashdik va maqsadimizga erishdik"

Sherzod Nurmatov
30 avg 2022
Bir necha daqiqa oldin futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Jizzax Kenteks" – AGMK uchrashuvi yakunlandi.

Unda AGMK raqibidan 9:5 hisobida ustun kelib, Superkubok sovrinini qo'lga kiritdi. Bahs nihoyasiga etgach, olmaliqliklar vakili Davlat Ibragimov bilan kichik suhbat uyushtirdik.  

- O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Superkubokni yutish uchun harakat qildik. O'zimizga ishongandik, lekin juda qiyin bo'ldi. 

- "Jizzax-Kenteks" hisobda oldinga chiqib olganda ishonch pasaymadimi?

- Ishonch pasaymadi. "Jizzax-Kenteks" asosini terma jamoa a'zolari tashkil qilardi. Shunga qaramasdan, jiddiy kurashdik va maqsadimizga erishdik.

- Bu yil BMB degan yana bir kuchli jamoa paydo bo'ldi. Jamoangizning ushbu mavsumdagi maqsadlari qanaqa?

- Maqsadimiz – chempionlikni qo'lga kiritish. Xudo xohlasa, shu yo'lda mehnat qilamiz.

- Shaxsiy maqsadingiz-chi?

- Xudo xohlasa, to'purar bo'lishni niyat qilganman.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia