Dastlabki turda eng ko'p tomoshabin “Sog'lom Avlod” stadioniga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
16 mar 2014, 11:17
Kecha mamlakatimiz 6ta shahrida chempionat ochilishi munosabati bilan O'zbekiston bayroqlari ko'tarildi.
E'tiborlisi, dastlabki turda eng ko'p tomoshabin Andijondagi uchrashuvda qayd etildi. Andijonlik ishqibozlar futbolni sog'inib qolishganini birinchi turdayoq namoyish etishdi. “Andijon” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'rish uchun “Sog'lom avlod” stadioniga 18221 tomoshabin kirdi. Bu bilan andijonlik muxlislar dastlabki turda eng yaxshi natijani qayd etishdi.

 Shuningdek, Kosonsoydagi markaziy stadionga ishqibozlar ko'p tashrif buyurdi. “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o'yiniga 12161 tomoshabin tashrif buyurdi. Eng kam muxlis esa “Bunyodkor” va “Qizilqum” bahsida qayd etildi. Bu o'yinni 1003 tomoshabin ko'rdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz