E'tiborlisi, dastlabki turda eng ko'p tomoshabin Andijondagi uchrashuvda qayd etildi. Andijonlik ishqibozlar futbolni sog'inib qolishganini birinchi turdayoq namoyish etishdi. “Andijon” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'rish uchun “Sog'lom avlod” stadioniga 18221 tomoshabin kirdi. Bu bilan andijonlik muxlislar dastlabki turda eng yaxshi natijani qayd etishdi.
Shuningdek, Kosonsoydagi markaziy stadionga ishqibozlar ko'p tashrif buyurdi. “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o'yiniga 12161 tomoshabin tashrif buyurdi. Eng kam muxlis esa “Bunyodkor” va “Qizilqum” bahsida qayd etildi. Bu o'yinni 1003 tomoshabin ko'rdi.