Darmian MYUda "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lgan futbolchini aytdi

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 18:49
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Matteo Darmian "qizil iblislar" haqida gapirdi.

"Ueyn Runi mening ilk mashg'ulotimda juda ham hayron qoldirgandi. Shuningdek, yosh bolakay Markus Reshfordning MYUdagi ilk mashg'uloti ham kechagidek yodimda. O'shanda u haqida shunday fikr kelgan: "Uxx, ajoyib futbolchi!"

U o'z yoshi uchun juda ham mahoratli edi, bu esa meni kundan kunga hayratlantirishda davom etardi. U har bir aspektda o'sishda davom etayotgandi.

Agarda u shu yo'nalishda davom etsa, bemalol "Oltin to'p"ni oladi. Bunga ishonaman.

Menimcha Reshford bu ketishda Kilian Mbappe bilan dunyo futboli hukmdorlariga aylanib olishadi", - dedi Darmian.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal