Daniel Alves "Barselona" afsonalari ro'yxatidan chiqarib tashlandi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2024, 15:55
"Barselona"ning barziliyalik sobiq himoyachisi Daniel Alves Katalon klubi afsonalari ro'yxatidan chiqarib yuborildi.

Avvalroq sobiq futbolchi ayol kishi bilan bog'liq mojaroda aybdor deb topilib, 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

"Ko'k-anorranglilar" afsonalari ro'yxatida 102 futbolchining ism sharifi keltirilgan. Biroq sud qarori rasman e'lon qilingach, "Barselona" braziliyalikni ushbu ro'yxatdan chiqarib yubordi.

Eslatib o'tamiz, Alves "blaugranas" safida 2008 - 2016 hamda 2021 - 2022 yillar davomida to'p tepgan. Umumiy hisobda Dani klub safida 408 ta o'yinda maydonga tushgan va 23 ta sovrin yutgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es