Dani Alves Kavani va Neymarni yarashtirish uchun kechki ovqat tashkil qildi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2017, 14:15
PSJ himoyachisi Dani Alves jamoa hujumchilari Edinson Kavani va Neymarni yarashtirish uchun jamoaviy kechki ovqat tashkil qildi.

PSJ hamda "Lion" o'rtasidagi Fransiya chempionatining 6-tur uchrashuvida (2:0) Neymar va Kavani bir necha marotaba standartlarni talashib qolishdi. Yevropa OAVlarida braziliyalik va urugvaylik bu borada kiyinish xonasida janjallashgani e'lon qilingan edi.

PSJning barcha futbolchilari Alvesning taklifini qabul qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe