Damsgor "Brentford" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2022
"Sampdoriya"ning daniyalik yarim himoyachisi Mikkel Damsgor "Brentford" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Italiya klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Manbalarga ko'ra, transfer summasi 14 million evro + bonuslar sifatida baholanmoqda. Futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi, uning yillik maoshi taxminan 2 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq Italiya klubi o'z futbolchisi uchun kamida 20 million evro talab qilayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Jamoa daniyalik orqali "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan Kristian Eriksenning o'rnini to'ldirdi.

Mikkel Damsgor o'tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Futbolchi "Sampdoriya" safida bor-yo'g'i 11 ta o'yinda qatnashgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, 22 yoshli futbolchining transfer qiymati – 15 mln evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sampdoria.it