Coca Cola Superligasi. Bugun "Andijon" Jizzaxda, "Buxoro" Qarshida mehmon

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2020
Bugun Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 6-tur
26 iyun, juma
20:00 SO'G'DIYONA – ANDIJON
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Andrey Sapenko, Timar Gaynullin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev

Restarni "Paxtakor" va "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabalar bilan boshlagan "So'g'diyona" Jizzaxda Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlangan, biroq hamon PFL ro'yxatidan o'tkazilmagan "Andijon" klubini qabul qiladi. Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 40 marta to'qnash kelishgan. Ikki jamoa ham 16tadan g'alabani qo'lga kiritgan, 8ta o'yinda durang kuzatilgan.

2020 yilgi mavsumda "So'g'diyona" o'z uyida umuman mag'lub bo'lmadi, "Andijon" esa safarda umuman g'alaba qozona olmadi.




26 iyun, juma
20:00 NASAF – BUXORO
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Bu mavsum hozirga qadar umuman yutqazmagan "Nasaf" o'z maydonida ushbu mavsumda umuman g'alaba qozona olmagan "Buxoro"ni qabul qiladi. Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 44 bor kuch sinashishgan. Natijalar "ajdarlar"ning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 23 uchrashuvda qarshiliklar, 12 o'yinda esa buxoroliklar zafar quchishgan. 9 uchrashuvda esa during natija qayd etilgan.

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 22 bor kuch sinashishgan. 16 uchrashuvda "Nasaf" g'alaba qozongan. 5 uchrashuvda durang qayd etilgan va 1 uchrashuvda (2019 yil) buxoroliklar g'alaba qozonishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia