Coca Cola Superliga. Bugun "Navbahor" "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2021, 07:29
Bugun Superliganing 5-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
7 aprel, chorshanba
NAVBAHOR – PAXTAKOR
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistentlari: Timur Galeev, Ziyodullo Abdurahmonov
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: Sherali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Said Shohruh

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 60 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 37 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 10 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Paxtakor" 101ta gol urgan bo'lsa, "Navbahor"da 47 gol bor.

Ayni paytgacha Namanganda bo'lib o'tgan 30ta bahsning 12tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 6 o'yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv "lochinlar"ning g'alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 34 to'p kiritib, 28 gol o'tkazib yuborgan. O'tgan yil Namanganda o'tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Bu jamoalarning oxirgi oltita o'yinida "Navbahor" g'alaba qozon olmagan - 4ta durang, 2ta mag'lubiyat. So'nggi bor "lochinlar" bu jamoani 2018 yilgi mavsum birinchi bosqichida, o'z maydonidagi o'yinda mag'lub etishgan - 1:0.

“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi o'yin 7 aprel, chorshanba kuni 18:30da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.



Islombek Isoqjonov "Paxtakor" bilan o'yindan oldin: "Biz raqib tanlamaymiz"         

FAKT! "Navbahor" ishtirokidagi ketma-ket to'rtinchi o'yinda VAR ishlaydi, "So'g'diyona" uchun debyut        



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia