Chexiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018
Chexiya futbol associaciyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Karel Yarolim bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida e'lon qildi.

Ikki tomon kelishuviga ko'ra bitim bekor qilindi.

Chexiya associaciyasi vakillari yaqin kunlar ichida bo'sh joy uchun nomzodlar bilan uchrashishadi.

Eslatib o'tamiz, kecha Chexiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Rossiyaga 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

62 yoshli Yarolim 2016 yilning iyulidan beri Chexiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com