Chexiya klubi futbolchilari bir daqiqada 16ta sariq kartochka oldi

Mirjalol Normatov
7 noya 2023
Chexiyaning quyi divizionlaridan birida ishtirok etuvchi Upoglavaning "Sokol" jamoasi futbolchilari bir daqiqada 16ta sariq kartochka oldi.

Upoglava klubi o'zi uchun adash bo'lgan raqib - Liboxvananing "Sokol"iga 0:6 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtda, 82-daqiqada upoglavaliklar gol urgan va buni nishonlash uchun jamoaning zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilari ham maydonga yugurib tushishgandi. Futbolchilarning barchasi golni liboslarini echgan holda nishonlashgandi. Uchrashuv bosh hakami barcha futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi. Upoglava jamoasi turnir autsayderi hisoblanadi va ular so'nggi o'rinni egallab turishibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal